Toshkentda elektromobil turgan joyida yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2-iyul kuni soat 04:07 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Doʻstlik 2 dahasi 13 uy orqasida “Faw Bestune T55” elektromobili yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yongʻin soat 04:25 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olishi natijasida shifoxonaga yotqizilgan.
“Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijon shahri Mashrab koʻchasida “Damas” avtomobili yonib ketgani haqida xabar qilgandik. Bildirilishicha, 1-iyul kuni soat 18:38 da shaharning Mashrab koʻchasida yoʻl chetida toʻxtab turgan “Damas” rusumli avtomobilning salon qismida yongʻin chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring