Andijonda “Damas” yonib ketdi
Videodan kadr
Andijon shahri Mashrab koʻchasida “Damas” avtomobili yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 1-iyul kuni soat 18:38 da shaharning Mashrab koʻchasida yoʻl chetida toʻxtab turgan “Damas” rusumli avtomobilning salon qismida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 18:44 da voqea joyiga etib borib, alangani bartaraf qilgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida fuqaro K.A.ga tegishli boʻlgan avtomobilning salon qismi qisman yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring