Toshkentda BYD piyodani urib ketdi

12:27 26 Aprel 2025 Jamiyat
287 0

Toshkent shahri Mirobod tumanida BYD rusumli avtomashina 22 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 25-aprel kuni soat 13:30 larda Mirobod tumani Taras Shevchenko koʻchasida sodir boʻlgan. 1971-yilda tugʻilgan G.A. BYD rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, 2003-yilda tugʻilgan U.T. (piyoda)ni urib yuborgan.

YTH oqibatida jabrlangan U.T.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 25-aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida yoʻlovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?