Toshkentda bugʻdoy zang kasalligiga qarshi kurash boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi
Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan bugʻdoy zang kasalligining oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbirda hukumat vakillari, tadqiqotchilar, naslchilik va urugʻchilik mutaxassislari hamda qishloq xoʻjaligi sohasidagi asosiy manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Seminar bugʻdoy zang kasalliklarini samarali boshqarish uchun milliy salohiyatni mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida oʻtkazildi.
Bugʻdoy zang kasalligi Oʻrta Osiyo va Kavkaz mintaqasida transchegaraviy tahdid hisoblanadi. Ushbu patogen havo orqali tez tarqalib, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi barqarorligiga jiddiy xavf tugʻdiradi. Bu muammoni hal etish maqsadida FAO “CAC-Rust” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyada bugʻdoy zangiga qarshi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Seminarni FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrinbosari Sherzod Umarov, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi Abdulla Mansurov ochib berdi.
Tadbir davomida bugʻdoy zang kasalligiga qarshi kurashda zangga chidamli navlarni yaratish, monitoring tizimlarini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha xalqaro va milliy tajribalar taqdim etildi.
Shuningdek, seleksiya usullari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, bugʻdoyning zangga chidamli navlarini ishlab chiqarishda ilgʻor usullar namoyish etildi.
Mazkur seminar Oʻzbekistonda bugʻdoy zang kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasini ishlab chiqish yoʻlida muhim qadam boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring