Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya dunyo olimlarini birlashtirdi

Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 10-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Madaniyatlararo va turizm kafedrasi tashabbusi bilan Anqara Hoji Bayram Vali universiteti, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlikda “Madaniyatlararo muloqot va turizm” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada turizm va taʼlim masalalari, ularning oʻzaro taʼsir va rivojlanish istiqbollari, globallashuv sharoitida xalqaro turizm tizimidagi madaniyatlararo aloqalar masalalari koʻrib chiqildi.
Anjumanni ToshDOʻTAU rektori, professor Sh.Sirojiddinov ochib berdi. Shundan soʻng universitet Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori N. Normurodova ham soʻzga chiqdi. Shuningdek, Nijniy Novgorod lingvistika universiteti professori S.Kolobova, Vashington universiteti professori N.Akles, Anqara Hoji bayram Vali universiteti professori A.Akalinlar maʼruza qilishdi.
Maʼlumki, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida turizmning oʻrni beqiyosdir. Mazkur anjumanda ziyorat turizmini boshqarishning xalqaro tajribalari oʻrganildi. Mazkur konferensiyada qayd etilgan muammolar, Oʻzbekistonning dunyodagi ijobiy imijini yaqqol namoyon etish, madaniyatlar almashinuvi jarayonida oʻzbek milliy qadriyatlarning jozibasini koʻrsatish singari koʻplab masalalarning ilmiy-amaliy yechimlari tahlil qilindi. Konferensiya keng qamrovliligi bilan barcha kuzatuvchilarga foydali boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring