Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida yoʻl-transport hodisasiga uchragan BYD yonib ketdi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.
YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.
“Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring