Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopiladi
Foto: “Gazeta.uz”
Toshkent shahrida Yangil bayrami tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan Sergeli va Bektemir tumanlaridagi ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda ushbu tumanlar hokimliklari xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 25-dekabrdan Sergeli tumanidagi gastronomik turizm koʻchasida Yangi yil bayrami tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan quyidagi koʻchalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
• Sugʻdiyona koʻchasining Yangi Sergeli koʻchasi kesishmasidan Jaloyir va Bagʻrikeng koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan qismi;
• Jaloyir koʻchasining Sugʻdiyona koʻchasi kesishmasidan Obihayot koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi.

Bildirilishicha, cheklov muddati yarim oy, yaʼni 2026-yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.
Shuningdek, 25-dekabrdan boshlab Bektemir tumani Chirchiqboʻyi koʻchasining maʼlum qismida, “Coca-Cola Garden” bogʻida oʻtkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Tuman hokimligi xabarida cheklov qachongacha amal qilishi keltirilmagan.

Shu munosabat bilan, yuqoridagi xaritalarda koʻrsatilgan yoʻnalishlardan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanish soʻralgan va harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring