Toshkentda bahaybat it yosh bolaga tashlanib unga jarohat yetkazdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent tumanida onasi va opasi bilan ketayotgan yosh bolaga bahaybat it tashlanib, unga jarohat yetkazdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 16-oktyabr kuni soat 07:35 larda tumanning Sabzavot mahallasida sodir boʻlgan.
Onasi va opasi bilan ketayotgan yosh bolaga kutilmaganda katta it tashlanib qolgan. U bolani yiqitib, ustiga chiqib olgan holda talay boshlagan. Onaning esa uni haydashga kuchi yetmagan. Shu paytda yoʻldan “Damas” avtomobilida oʻtib ketayotgan fuqarolar yordamga kelib, itni haydagan va bolani qutqarib qolgan.
Odamlar hayvonlariga juda ehtiyot boʻlishlari lozim. Bunday holatlar jiddiy oqibatlarga olib borishi mumkin. Kecha mahalla profilaktika inspektoriga murojaat qilganimda it egasiga nisbatan faqatgina 370 ming soʻm jarima qoʻllay olishini, bundan ortigʻining iloji yoʻqligini bildirdi, degan bolaning otasi.
Manbaga koʻra, bolaning jarohatlari jiddiy emas.
Ammo shu hodisada jiddiyroq oqibat keltirib chiqarsa nima boʻlardi? Afsuski, oqibati har qancha jiddiy boʻlmasin itni egasi oʻsha arzimas jarima bilan qutulib qolaveradi, deb yozadi “Kun.uz”.
Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 110-moddasi (it va mushuk boqish qoidalarini buzish) 2-qismiga koʻra, aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish fuqarolarning sogʻligʻiga zarar yetishiga olib kelsa, fuqarolarga BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring