Toshkentda “avtoterrorist” urib ketgan piyoda halok boʻldi

18:38 05 May 2025 Jamiyat
221 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 2-may kuni soat 17:40 larda Yakkasaroy tumani KXAY koʻchasida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 21 yoshli A.A. “Lacetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.

Fuqaro tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq u oʻsha yerda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini soʻraymiz”, deb yozadi shahar YHXB.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida “Damas” haydovchisi uxlab qolib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Nexia-3”ga borib urilgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер