Toshkentdagi arxeologiya yodgorligiga 31,5 mlrd soʻm zarar yetkazildi
Foto: AI
Toshkent shahridagi VI – XV asrlarga oid arxeologiya yodgorliklaridan biriga 31 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prokuratura organlari tomonidan madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, shu kabi tadbirlardan birida Toshkent shahridagi VI – XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri oʻtkazilib, yodgorlikning 961 m3 qismiga 27 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, ushbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 m3 qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 milliard soʻmlik zarar yetkazilgan.
BPga koʻra, hozirda holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi taʼminlanib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Taʼkidlash kerakki, mazkur jinoiy qilmish qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring