Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon berib chiqdi

17:17 27 Iyul 2024 Jamiyat
364 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Toshkent shahrida test topshirayotgan abituriyentga tez yordam xodimi telefon kiritib berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida oʻtayotgan test vaqtida abituriyentlardan birining ahvoli yomonlashgan. Unga yordam koʻrsatish uchun tez yordam xodimlari yetib kelgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Ahvoli yaxshilangach, abituriyent test jarayoniga qaytgan. Oradan biroz vaqt oʻtib, nazoratchilar abituriyentda telefon borligini aniqlagan va tegishli dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtirilgan.

Manbaga koʻra, Shayxontohur tuman tez tibbiy yordam boʻlimi xodimi oʻz arizasiga koʻra ishdan boʻshatilgan, shuningdek, boʻlim boshligʻiga hayfsan eʼlon qilingan.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga koʻra, hozirda holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер