Toshkentda 7 bola hovuzda choʻkdi, 2 nafari halok boʻldi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida 7 nafar bola uydagi hovuzda choʻkdi, ulardan ikki nafari halok boʻldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markaziga hovuzda choʻkkan 7 nafar bola ogʻir ahvolda keltirilgan. Bu vaqtda ulardan ikki nafari jonsiz boʻlgan. Qolgan 5 nafari zudlik bilan jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Markaz shifokorining soʻzlariga koʻra, bolalardan biriga 40 daqiqa davomida yordam koʻrsatilgach, yuragi urishni boshlagan. 40 daqiqa davomida gipoksiya holatida boʻlgan bolaning sogʻayib ketishi hozirda soʻroq ostida turibdi.
Uch nafar bola oʻziga kelgach, jonlantirish boʻlimidan boshqa boʻlimga oʻtkazilgan. Ikki nafar bolaning ahvoli esa hali ham ogʻirligicha qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring