Toshkentda 380 litr spirt sotayotgan shaxs qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida spirt mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan V.K. fuqaro B.S.ga 119 dona yelim idishga quyilgan jami 380 litr suyuqlikni etil spirti sifatida 39,9 million soʻm va 400 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga koʻra, ashyoviy dalil sifatida olingan rangsiz oʻtkir hidli suyuqlik tarkibi texnik metanol va etil spirti qorishmasidan iborat ekanligi qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring