Toshkentda 35 mlrd soʻmlik narkolaboratoriya fosh etildi
Videodan kadr
Toshkent shahrida 35 milliard soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ishlab chiqargan narkolaboratoriya aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-oktyabr kuni Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bilan shugʻullanuvchi yirik uyushgan jinoiy guruh aʼzolarining toʻrt nafari jinoyat ustida qoʻlga olingan.
Dastlab Uchtepa tumanida ularning ikki nafari toʻxtatilib, avtomashinasi tekshirilganida 353 dona “Pregabalin” va 25 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning yana ikki nafar aʼzosi qoʻlga olingan.
Ushbu shaxslar vaqtincha yashab kelayotgan Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlanib, 50 kg “Pregabalin” va 1200 dona qadoqlangan “Pregabalin”, 2 kg va 400 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 2 litr xomashyolar, 112 000 dona qadoqlash uchun flakon va kapsulalar va boshqa zaruriy ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring