Toshkentda 3 nafar fuqaro qidirilmoqda

01:36 22 Avgust 2021 Jamiyat
1657 0

Toshkent shahar IIBB bedarak yoʻqolgan shaxslarning qidiruvida koʻmak soʻramoqda.

2000-yilda tugʻilgan, Shaymardanov Davlatbek Baxtiyor oʻgʻli joriy yilning 31-iyul kuni Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga uchib kelgan va yashash manziliga bormagan.

Belgilari: boʻyi 170-175 sm, oʻrtacha gavdali, sochi qora, qosh koʻzi qora.

Egnida: mavsumiy kiyimda boʻlgan.

1999-yilda tugʻilgan, Yarashova Ferida Turgʻunboy qizi, joriy yilning 4-avgust kuni Sergeli tumani, Nilufar koʻchasida joylashgan vaqtincha yashash manzilidan chiqib qaytib kelmagan.

Belgilari: Boʻyi 160-165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi qora, qosh koʻzi qora.

Egnida: uzun pushti rangli koʻylak, boshiga hijob oʻragan.

1949-yilda tugʻilgan Shek Antonina Vladimirovna joriy yilning 17-iyul kuni Sergeli tumani, Daryoboʻyi koʻchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: boʻyi 165 sm, oʻrtacha gavdali, sochi jigarrang, qosh koʻzi qora.

Egnida: qizil kofta, qizil yubka va shippak boʻlgan.

Alohida belgilari: koʻzoynakda, qoʻlida hassasi bor.

Yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir maʼlumotga ega boʻlganlardan, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqami orqali xabar berishi soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?