Toshkentda 3 ming qutidan ortiq noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Toshkent shahrida 3 ming qutidan ortiq aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Olmazor tumani boʻlimi va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.” MCHJ rahbari Gʻ.J. “Jiydali” MFY hududidagi savdo doʻkonida 25 turdagi 3 407 quti aksiz markasiz va 293 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta miqdorda yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring