Qashqadaryoda katta miqdorda yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi
Illyustrativ foto
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta miqdorda yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Koson tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “K.A.” MCHJ rahbari F.B. “Mugʻjagul” MFY hududidagi savdo doʻkonida kirim hujjatlari boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 163,4 million soʻmlik 6 481 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 2 637 dona tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Bundan tashqari, Departamentning Yangi Namangan tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.L. oʻziga tegishli novvoyxonada umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 200,5 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring