Dorivor oʻsimliklar toʻgʻrisidagi parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi
Yalpi majlisda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularga kvota ajratish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, parlament soʻrovida aks etgan masalalar boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, istiqbolli xomashyobop oʻsimliklarning zaxiralarini aniqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning flora turlari tarkibini inventarizatsiya qilish boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan.

34 turdagi dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarni parvarish qilish va mahsulot yetishtirish boʻyicha namunaviy texnologik xaritalar ishlab chiqilgan.
Oʻrmon xoʻjaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida kooperatsiya usulida dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻrmon xoʻjaliklarining 5,9 ming gektar yer maydonida dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etilgan.
Tabiiy holda oʻsuvchi yovvoyi oʻsimliklarning dorivor, oziq-ovqatbop va texnik turlarini yetishtirish boʻyicha 114 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 28,2 ming gektar maydonda pitomnik va plantatsiyalar yaratilgan.

Shu bilan birga, senatorlar tomonidan dorivor oʻsimliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini hamda yuqori avlodli dorivor oʻsimliklarning seleksion navlarini yetishtiruvchi elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil etish ishlarini jadallashtirish lozimligi taʼkidlandi.
Dorivor oʻsimliklarning yovvoyi turlaridan madaniy seleksion nav va duragaylarga oʻtish, madaniy plantatsiyalarni kengaytirish zarurligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV
(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring