Toshkentda 10 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuk mashinasi haydovchisi avtoulovni boshqarib borish chogʻida salomatligi yomonlashib, 10 ga yaqin yengil mashinani pachoq qilgani aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea bugun, 1-avgust kuni soat 13:30 larda Toshkent shahrining Yangihayot tumanining Choshtepa koʻchasida sodir boʻlgan. IVECO rusumli yuk mashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida “Captiva”, “Spark”, “Malibu-2”, “Onix”, “Cobalt”, “Hyundai”, “Tracker-2” va 2 ta “Lacetti” rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv roʻy bergan.
Taʼkidlanishicha, yoʻl-transport hodisasi tufayli tan jarohat olganlar yoʻq.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring