Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududidagi ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin sodir boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, 4-may kuni soat 15:50 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Iftixor” MFY, “Binokorlar” koʻchasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yongʻin sodir boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “112” tizimi orqali Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 15:57 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 16:22 da qurshab olingan va 16:33 da toʻliq bartaraf etilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu yongʻinda korxonaning 90 kv.m maydonida tom qismi va devor qoplamasi zarar koʻrgan. Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta asosiy turdagi va 1 ta qoʻshimcha texnika jalb qilingan.
FVV bergan maʼlumotga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring