Toshkent viloyatidagi bogʻchada bolalar kaltaklandi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida bolalar kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat boshqarma masʼullari tomonidan nazoratga olinib, mazkur noxush vaziyat Zangiota tumanida joylashgan oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasida yuzaga kelgani aniqlangan.
Mazkur muassasadan qaytgan bolalar ota-onalariga tarbiyachining zoʻravonligidan shikoyat qilgan. Shundan soʻng, u lar kecha, 26-mart kuni muassasaga borib, kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni koʻrib chiqishni talab qilgan.
Kamera yozuvlari koʻrilganda 25-mart kuni tashkilotda oktyabr oyidan buyon faoliyat yuritayotgan tarbiyachi R.G. tarbiyalanuvchilarga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlayotgani tasdiqlangan.
Bildirilishicha, bugun, 27-mart kuni Zangiota tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, noxush holat kuzatilgan oilaviy maktabgacha taʼlim muassasasida oʻrganish ishlari olib borilgan.
Muassasa rahbari mazkur vaziyatdan soʻng tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritayotgan R.G. bilan shartnomani bekor qilgan. Ota-onalarga bunday noxush holat takrorlanmasligi va ularning ishonchini suiisteʼmol qilmaslik haqida munosabat bergan.
Boʻlim masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan tashkilotdagi barcha xodimlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berilgan.
Shu oʻrinda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ushbu noxush holat yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan hamda bunday holatlarga nisbatan keskin choralar koʻrilishini maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring