Toshkent viloyatida jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
Foto: DXX
Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosi bilan shugʻullangan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIBB xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sogʻlomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan.
Xususan, Ohangaron tumani Angren va Olmaliq shaharlarida oʻtkazilgan tadbirda 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall boʻlgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona oʻq-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Bildirilishicha, hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring