Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tajribasi asosida koʻchat ekiladi

16:46 31 May 2024 Jamiyat
219 0

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tajribasi asosida koʻchat ekiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tajribasi asosida 10 kun muddat ichida koʻchat ekiladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, Janubiy Koreya tajribasi asosida Nurafshon va Bekobod shaharlari, Oʻrta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan jami 34 gektar yer maydoni 30-yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga biriktiriladi.

Har bir gektarga yer maydoni uchun mahalliy byudjetdan 100 million soʻm mablagʻ ajratiladi va tomchilatib sugʻorish tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari shtat birliklari doirasida “Yashil kelajak bogʻi” boʻlimlari faoliyati tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер