Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish holati muhokama qilindi

Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Parlament nazorati doirasida Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganilib, natijalari Senatning elliginchi yalpi majlisda muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishda qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Xususan, investitsiya dasturlari doirasida 763 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 296 ta yangi ish oʻrni yaratilgan hamda oʻtgan yilda 901,3 mln dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 61 mingtani, shundan 38 mingtani xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxs), 23 mingtani yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etgan.
Viloyatda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun sharoit yaratilib, buning natijasida Ohangaron, Toshkent va Zangiota tumanlari yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 30 063 ta tadbirkorlik subyektiga jami 743,5 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligiga eʼtibor qaratildi.
Xususan, tadbirkorning faoliyat koʻrsatishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolar, jumladan, bino-inshootlarni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga yer, bino va kredit ajratish hamda soliq toʻlovi boʻyicha nizolar kabi masalalar bartaraf etilmaganligi sababli viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,4 mingtaga kamaygan.
Viloyatda faoliyat yuritmayotgan kichik biznes subyektlari soni qariyb 20 mingtani tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan Parkent, Oʻrta Chirchiq tumanlarida, Bekobod shaharda, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlarida oshgan.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan) onlayn-auksion savdolarga chiqarilgan 218 ta boʻsh turgan 88,1 gektar yer uchastkalaridan jami 428 ta holatda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishish yoki xulosa berish muddatlari buzilgan.
Bundan tashqari, viloyatdagi nazorat organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlarda 58 ta qonun buzilishi holati, shundan 21 tasida noqonuniy tekshirish va 37 tasida tekshirish oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Jumladan, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 21,9 foizi (126 ta) boʻyicha koʻrib chiqish muddati buzilgan.
Tuman (shahar) boʻyicha kelib tushgan murojaatlar tadbirkorlar soniga nisbatan tahlil qilinganda, Piskent, Boʻka tumanlarida va Ohangaron shahrida murojaatlar soni oshgan.
Majlis davomida senatorlar tomonidan viloyatda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar masʼul vazirlik va idoralarga koʻrsatib oʻtildi hamda bu borada ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha qator takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi” Senatning tegishli qarori bilan tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring