Toshkent viloyatida qariyb 5 mlrd soʻmlik sintetik giyohvand moddalar aniqlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida 4 milliard 800 million soʻmlik sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga koʻra, nazorat tadbiri davomida 33 yoshli fuqaro M.I. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududida gumonlanib tekshirilgan. Uning yonida boʻlgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) koʻzdan kechirilganda, ehtiyot qism ichiga joylashtirilgan 12 ta oʻramdagi, (“qora bozor”dagi taxminiy narxi 4 milliard 800 million soʻmga teng) boʻlgan, ekspertiza xulosasiga koʻra, 6 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushlangan shaxsning yashash xonadoni tekshirilganida, sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi maʼlum boʻlgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273 moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki surishtiruvga koʻra, unga ushbu sintetik giyohvandlik vositalari tegishli Telegram-bot yordamida Qirgʻizistondan vodiy viloyatlari orqali yetkazib berilgani aniqlangan. Hozirda ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash boʻyicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring