Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Toshkent viloyatida “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.
Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.
Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barcha vatandoshlarimizni tabriklab, nutq soʻzladi.
«Ona diyorimizga oʻzining fayzli qadamlari bilan xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayrami – Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Ana shu ulugʻ ayyom – sharqona yangi yilning boshlanishi bilan avvalo, Siz azizlarni, Sizning timsolingizda viloyatimiz ahlini chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman!
Hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz “Har tuning qadr oʻlubon, har kuning boʻlsin Navroʻz!” deb yozganlarida Navroʻzning obodlik, tinchlik-totuvlik, ahillik, bagʻrikenglik ramzi, qalblarimizda yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishtiyoqini uygʻotadigan eng goʻzal va jozibador bayram ekanini nazarda tutgan boʻlsalar, ajabmas.
Bu yilgi bayram “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida boshlanib, barcha shahar va qishloqlarimizda koʻtarinki ruhda davom etmoqda, uning muborak Ramazon oyi bilan birga kelishi esa fayzi va tarovati, mazmun va mohiyatini yanada boyitmoqda», deydi viloyat rahbari.
Bayram shukuhi viloyatning barcha shahar va tumanlari, qishloq va mahallalarida davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring