Toshkent viloyatida katta yoshli erkak 5 yashar qizchaga tegajogʻlik qilgani aytilmoqda
Illyustrativ foto
“
Oʻsha paytda qorongʻi tusha boshlagan edi ,qizcham katta opasi bilan roʻparada yashaydigan bolalar bilan oʻynashga ketdi .Mahallada hammamiz bir-birimizni yaxshi bilamiz ,shuning uchun hovlining darvozalari deyarli doim ochiq .
Taxminan 19:00larda men bolalarni uyga chaqirishga chiqdim .Darvozaga yaqinlashib ,hovliga yugurib kirayotgan qizimni koʻrdim .U yigʻlab ,Shavkat ismli yoshi katta odam uni quchoqlab ,shilqimlik qilganini qayta-qayta takrorladi .Avvaliga men hayratda qoldim va u aynan nima qilganini soʻray boshladim .Eshitganlarim meni shokka tushirdi ”,degan qizaloqning onasi “Sukut saqlama ”loyihasiga yoʻllagan murojaatida .
“
U bilan gaplashishdan foyda yoʻqligini tushunib ,erim bilan ichki ishlar boʻlimiga bordim .Ular mahalla nozirini chaqirishdi ,men ariza yozmoqchi edim ,lekin u arizani qabul qilmadi .Men shok holatida edim ,erim bu qoʻshniga nisbatan nimadir qilib qoʻyishidan qoʻrqdim .
Stress tufayli nima qilishni bilmay qoldim .Mahalla noziri arizani bari bir qabul qilmadi .Shundan soʻng men shahar prokuraturasiga ariza yozdim .Ariza topshirilganiga 6kun boʻldi .Lekin bu odam hali ham ozodlikda yuribdi .U koʻchada bizning uyimiz yonidan oʻtadi (bu qoʻshnining uyi biznikiga yaqin ).Endi hovlimizning eshigini ochishga ,uydan chiqishga qoʻrqyapman .Men qizlarimdan xavotirdaman ”,deyiladi murojaatda .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring