Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan fuqaro taqdirlandi

13:40 21 Iyun 2025 Jamiyat
242 0

Foto: FVV

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida fuqaro hojatxonaga tushib ketgan qoʻshni bolani qutqarib oldi.Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-iyun kuni soat 14:10 da Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Bunyodkor mahallasi Izzat koʻchasidagi xonadonlardan birida yashovchi ayol hovlisidagi hojatxonaga farzandi tushib ketganini koʻrib, baland ovozda yordam soʻragan.

Ayolning chaqirigʻini eshitgan qoʻshni yigit voqea joyiga yetib borib, bolani chiqarib olgan.

Qahramonlikdan xabar topgan Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga samimiy minnatdorlik bildirilib, tashakkurnoma va esdalik sovgʻasini topshirgan.

“Hurmatli ota-onalar farzandingizni nazoratsiz qoldirmang!” deb yozadi FVV axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер