Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qoʻlga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti “Eyvalek” MFYda joylashgan va hokimlik balansida boʻlgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 ming 500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Maʼlumotlarga koʻra, bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan. Shunga qaramasdan u oʻzi uchun tegishli xulosa chiqarmasdan, noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring