Toshkent viloyatida ekskavator gaz quvurini shikastladi
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Buka tumanida yuqori bosimli yer osti gaz quvuri shikastlanishi oqibatida 10 mingdan ziyod isteʼmolchi gaz taʼminotisiz qoldi.
Maʼlumotga koʻra, 18-avgust kuni soat 21:40 da avtotransport vositasi (ekskavator) gaz quvuriga shikast yetkazgan. Natijada tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan.
Jami 12 512 ta xonadon va 267 ta yirik isteʼmolchi gazsiz qolgani qayd etilmoqda.
Hozirda mutaxassislar taʼmirlash ishlarini olib boryapti. Gaz taʼminoti remont tugagach tiklanishi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring