Toshkent viloyatida bolalarga noqonuniy diniy taʼlim bergan shaxslar aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati
Toshkent viloyatida bolalarga noqonuniy diniy taʼlim berish bilan bogʻliq bir nechta holatlar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent tumanida 33 yoshli erkak ijaraga olingan uyda 13 nafar bolaga diniy dars oʻtgan.
Boʻstonliq tumanida esa 42 yoshli shaxs ijaradagi dachada 20 nafar bolaga diniy taʼlim bergani maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida 36 yoshli ayol oʻz uyining yertoʻlasida 6 nafar bolaga diniy dars oʻtgani aniqlangan.
Noqonuniy faoliyat bilan shugʻullangan shaxslar hamda bolalarning ota-onalariga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring