Toshkent viloyatida 8-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8-noyabrdan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning tegishli qarorida maʼlum qilingan.
Hujjatga koʻra, bugun, 8-noyabr soat 10:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakati ishga tushiriladi.
Bu vaqtda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi hamda viloyat “Issiqlik manbai” IChB markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimining barcha qismlari tekshiriladi hamda imkoniyatlari aniqlanadi.
Qarori bilan viloyat “Issiqlik manbai ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK, barcha ijtimoiy soha rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi uchun kreditorlik-debitorlik qarzlari oshib ketmasligi uchun shaxsan javobgar ekani belgilangan.
Shuningdek, shahar va tuman hokimlariga barcha ijtimoiy soha rahbarlari bilan birgalikda bir hafta muddatda qoʻshimcha ravishda barcha ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish qozonlarini xatlovdan oʻtkazish topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring