Toshkent viloyatida 6 yoshli bolani “Damas” urib yubordi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda “Damas” rusumli avtomashina voyaga yetmagan bolani urib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27-iyul kuni soat 13:10 larda Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidan oʻtgan 4R10 Chorbogʻ suv ombori halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 14-kilometrida sodir boʻlgan.
Haydovchi Z.M. “Damas” avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida yoʻlning chap tomonidan oʻng tomoniga yugurib oʻtayotgan 2018-yilda tugʻilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda u turli xil tan jarohatlari olib tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
“Hozirda Boʻstonliq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni avtomobil yoʻllarida qarovsiz qoldirmang!” deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring