Toshkent viloyatida 5 milliard soʻmdan ortiq valyutani Tojikistonga noqonuniy olib chiqmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi (+video)
Toshkent viloyatida katta miqdordagi valyuta qimmatliklarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqilishiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida, Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali valyuta qimmatliklarini Tojikiston Respublikasiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Bekobod shahrida yashovchi, 1991-yilda tugʻilgan shaxs 18 680 300 Rossiya rubli, 140 700 tojik somoni va 180 000 000 oʻzbek soʻmini qoʻshni davlatga noqonuniy olib chiqish maqsadida, ularni qismlarga ajratgan holda, tashmachi vazifasini bajaruvchi 34 nafar fuqaroga boʻlib bergan.
Mazkur fuqarolar moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu pul mablagʻlarini Tojikistonga oʻtkazib berish uchun “Farhod” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtlarida toʻxtatib qolinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, tezkor tadbir vaqtida chegara bojxona posti yaqinida boʻlgan bekobodlik shaxsning “Treker” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, unda ham Tojikiston Respublikasiga olib oʻtishga moʻljallab, oʻramlarga ajratib qoʻyilgan, jami 13 538 305 Rossiya rubli, 24 107 tojik somoni, 885 yevro, 300 AQSH dollari, 300 xitoy yuani, 6840 qirgʻiz somi hamda 10 207 000 oʻzbek soʻmi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Maʼlum boʻlishicha, tezkor tadbir davomida olingan pul mablagʻlarining milliy valyutadagi umumiy qiymati 5 milliard 200 million soʻmdan ortiqni tashkil etgan.
Hozirda bekobodlik fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari davomida valyuta qimmatliklarining haqiqiy egalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring