Toshkent viloyatida 3 ta vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
Illyustrativ foto
Toshkent viloyatida joylashgan 3 ta vaqtinchalik saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha ombudsman matbuot xizmati xabar qildi.
Joriy yilning iyun oyida Quyichirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Maʼlum boʻlishicha, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanib, Quyichirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi oʻrnatilgan. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlanib, sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Shu bilan bir qatorda, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid boʻlgan Chinoz, Qibray va Yuqorichirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati IIV ning 2025-yil 21-iyuldagi tegishli buyrugʻi bilan tugatildi.
Avvalroq Qirgʻizistonda oʻndan ortiq jazo koloniyalarini tugatish rejalashtirilayotgani toʻgʻrisida xabar qilgandik. Bunda probatsiya va manzil-koloniyalar tizimi bir birini takrorlay boshlagani tufayli ayrim koloniyalarni yopishga toʻgʻri kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring