Toshkent viloyatida 175 tup qimmatbaho daraxt nobud qilib, tabiatga 1 mlrd 487 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 175 tup qimmatbaho daraxtlar nobud qilib, tabiatga 1 mlrd 487 mln soʻm zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar oʻrganilmoqda.
Oʻrganishlarda, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida koʻchat ekish ishlarining haqqoniyligi, natijadorligi, masʼullar biriktirilganligi va sugʻorish tizimlarining mavjudligini tanqidiy oʻrganishda tuman-shahar masʼullari tomonidan yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi taʼminlanmaganligi aniqlandi.
Andijonda aniqlangan 19 ta holatda 1128 tup daraxt sugʻorilmaydigan yerlarga ekilgani holati boʻyicha 6 nafar masʼul shaxslar, Qashqadaryoda 12 ta holatda ekilmagan 48 348 tup daraxt qoʻshib yozilgani boʻyicha Kasbi, Mirshikor, Chiroqchi tuman hokimlarining oʻrinbosarlari, Kitob va Chiroqchi tuman ekologiya boʻlim boshliqlari intizomiy hamda 2 nafar masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi va viloyat hokimligiga qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Shu kabi, Toshkent viloyat hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari Yuqori Chirchiq tuman hududida ekilgan 175 tup qimmatbaho daraxtlarni qarovsiz qoldirib, nobud qilib, tabiatga 1 mlrd 487 mln soʻmlik zarar yetkazgan.
Mazkur holat boʻyicha Toshkent viloyati prokurautrasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov hakatlari boshlangan.
Bosh prokuratura shuningdek, bu boradagi nazorat tadbirlari davom etirilayotganini ham qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring