Toshkent viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Gʻayrat Sheraliyev Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Matbuot kotibi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati hokimligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Viloyat rahbari raislik qilgan majlisda viloyatdagi axborot muhiti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan ishlash tanqidiy tahlil qilindi, “Nurafshon” telekanali faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berildi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Gʻayrat Sheraliyev Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Matbuot kotibi etib tayinlandi. U mazkur vazifaga tayinlangunga qadar viloyat hokimligi muassisligidagi “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharriri vazifasida ishlab kelayotgandi.
Gʻ. Sheraliyev 1984-yil Qibray tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turli yillar davomida “Xalq soʻzi”, “Toshkent haqiqati” gazetalarida mehnat qilgan. “Daqiq daqiqalar” va boshqa kitoblari chop etilgan. 2020-yilda u “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
Bungacha viloyat hokimining matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan Behzod Qobulov 2025-yil avgust oyida isteʼfoga chiqqanini maʼlum qilgandi.
Otabek ISROILOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring