Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi rahbarlar ish boshladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi xabar berdi.
Abdujalil Kurbanov 1974 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1996 yilda Samarqand moliya kollejini, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1996 yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasida boshlagan A.Kurbanov, 23 yil davomida turli masʼul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Hozirgi kunga qadar Davlat soliq qoʻmitasida boshqarma boshligʻi lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich tayinlandi.
A.Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
2002 yildan buyon soliq tizimidagi 17 yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari hamda shu kunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring