Toshkent va viloyat markazlarida ayrim turdagi korxonalarni tashkil etish taqiqlanishi mumkin

16:06 09 Yanvar 2025 Jamiyat
226 0

Jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Ekopartiya va Ekologiya vazirligi taklifini inobatga olgan holda Toshkent va viloyat markazlarida ayrim yoʻnalishlardagi korxonalarni tashkil etish taqiqlanishi mumkin.

Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasida bu haqda soʻz boradi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2025-yil 1-maydan boshlab quyida koʻrsatilgan manzillarda:

asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;

teri-koʻnchilik, parrandachilik fabrikalari;

samaradorligi yuqori boʻlgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi koʻmir yoqish;

qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash;

xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari faoliyatini tashkil etishni taqiqlash reja qilinyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер