Toshkent va Samarqand shahrida “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida Xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi

17:05 23 Avgust 2024 Siyosat
292 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

23-26 avgust kunlari Toshkent va Samarqanddagi Silk Road Samarkand turistik markazida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamkorligida «Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori» VIII Xalqaro Kongressi mavzusida tadbir bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi hukumati, ERIELL GROUP neft-servis kompaniyasi tashkiliy va moliyaviy ko‘magida, shuningdek, TURKSOY, IRSIKA, «Al-Furkon» jamg‘armasi hamkorligida o‘tkaziladi.

VIII Kongressdagi asosiy mavzulardan biri Islom sivilizatsiyasi va Imom Buxoriy muzeylarining kontenti bo‘ladi. Bu qaror joriy yil iyulida Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan «Buyuk ajdodlar merosi - ІІІ Renessans poydevori» forumi davomida 600 nafar mahalliy olimlar ishtirokida qabul qilingan edi.

Kongressda 35 ga davlatdan 300 ga yaqin dunyoga mashhur olimlar ishtirok etadi. Ular orasida 180 nafar xorijiy va 110 nafar o‘zbek mutaxassislari, jumladan, 15 akademik, 40 professor va dotsentlar, 103 fan doktori, 54 muzey va kutubxona direktorlari, 5 ta universitet rektori, 5 ta noshirlik uyi direktorlari, IRSIKA, AYSESKO, GURKSOY, «Al-Furkon» jamg‘armasi rahbarlari, Xalkaro Turk akademiyasi. Arab davlatlari Ligasi va boshka xalkaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, CNN, Euronews, « Россия-Культура », « Мир », « Россия-24» » va Markaziy Osiyo davlatlari telekanallari kabi 20 ta xorijiy OAV jurnalistlari taklif kilingan.

Kongress ochilishi oldidan 23 avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat tashkil etildi va qurilish ishlarining borishi haqida hujjatli film namoyish etildi. «O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi» loyihasi taqdimoti o‘tkazildi va loyihalar ko‘rgazmasi hamda markazning ko‘rgazma maketi bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.

Tushdan keyin ishtirokchilar Samarkandga yetib bordi va ularni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер