Toshkent va Pusan shaharlari oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahriga “Qanot Sharq” aviakompaniyasining ilk samolyoti kelib qoʻndi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Pusan-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha ilk parvoz arafasida aeroportda mazkur havo qatnovining tantanali ochilish marosim boʻlib oʻtgan. Mazkur ochilish marosimida Kimxe xalqaro aeroporti va “Qanot Sharq” aviakompaniyasi vakillari ramziy qizil lentani kesib, 285 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan birinchi reysga roʻyxatdan oʻtish jarayonini boshlab bergan.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent va Pusan oʻrtasida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyib, parvozlar qulay A-330 samolyotlarida haftasiga ikki marta – chorshanba va payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Pusanlik yoʻlovchilar ilgari Toshkentdan Seulga uchib kelishlari, keyin esa yana toʻrt soatlik yoʻl bosib Pusanga yetib borishlari kerak boʻlgan. Endilikda toʻgʻridan-toʻgʻri Pusan shahriga parvoz qilish imkoniyati yaratildi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftasiga uch marta muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring