Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan press-tur tashkil etildi

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Joriy yilning 25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari qatnashdi.
Tadbirda qayd etilishicha, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, Respublikada birinchilardan bo‘lib, tajriba-sinov tariqasida dual ta’lim shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi asosida tahsil olayotgan 1251 nafar talabadan 251 nafari dual ta’lim shariatida, bir vaqtda korxonada oylik maosh olib mehnat faoliyati olib bormoqda.
Press-turning ilk manzili sifatida xorijiy korxona bo‘lgan “ZELAL TEKSTIL” MCHJ tashrif buyurildi. Qayd etilishicha, institut ushbu korxona bilan 2022-yildan buyon talabalarni dual ta’lim asosida o‘qitish va amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlik qiladi. Shu yildan buyon korxonada 120 nafar talabalar dual ta’lim shariatida tahsil olishgan va institutni bitirgan 10 dan ortiq talabalar hamkorlik doirasida mehnat faoliyati olib bormoqda. 2024/2025 o‘quv yilida esa 18 nafar talabalar dual ta’lim shariatida tahsil olib, oylik maosh bilan korxonada ishlayyotgan holatlar kuzatilmoqda.
Shundan so‘ng, jurnalistlar “Nurtex” MCHJ faoliyati bilan tanishishdi. MCHJ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan talabalarning amaliyotini tashkil etish, 2022-yildan buyon dual ta’lim asosida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik qiladi. Talabalarga korxonaning yetuk mutaxassislari zamonaviy tikuv mashinalari, tugma qadash va izma ochish yarim-avtomat uskunalari, namlab isitish va ishlov berish uskunalari, bichish dastgohlari kabi qurilmalarda ishlashni o‘rgatishadi. Dual ta’lim shaklida tahsil olish jarayonida talabalar oylik maosh olib, o‘z mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.
Press-turning so‘nggi manzili sifatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurildi. Universitetda yangi texnopark ochildi, unda talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Bu chora-tadbirlar, davlatimiz rahbari tomonidan sport va bilim sohasini rivojlantirishda belgilab berilgan ustuvor vazifalarga qo‘shimcha ravishda, talabalarning ilmiy-amaliyot faoliyati va mehnatga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring