Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda “Fridrix Ebert” nomidagi jamgʻarma, Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati koʻmagida tashkil etiladi.
Mazkur tadbir 10 dan ortiq mamlakatdan 100 dan ziyod ishtirokchilarni birlashtiradi va ilk bor Orol dengizi havzasiga yondosh davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo, Afgʻoniston strategik institutlari, suv xoʻjaligi idoralari ekspertlarini hamda Osiyo, Yevropa, MDH davlatlari mutaxassislarini bir yerga toʻplaydi.
Anjumanda Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalar vakillari, 15 ga yaqin xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari, jumladan, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi, BMTning Afgʻonistonga koʻmak koʻrsatish boʻyicha missiyasini, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, Davlatlararo suv xoʻjaligi muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va boshqalar etishi kutilmoqda.
Shuningdek, mazkur konferensiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv diplomatiyasi konseptual asoslarini ishlab chiqishga muhim hissa qoʻshib, mintaqa davlatlarining xalqaro suv hamkorligi kun tartibini shakllantirishdagi faol ishtirokchi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi.
“Forum «TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining 90-yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladi. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etadi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring