Toshkent Shimoliy vokzali oldidagi tunnelda “Gentra” yonib ketdi
Poytaxtning Mirobod tumanidagi Toshkent Shimoliy vokzali oldidagi yer osti tunnelida “Gentra” rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 26-iyun kuni soat 11:29 da sodir boʻlgan. Toshkent shahar FVBga xabar tushgach, yongʻin-qutqaruv texnikalari manzilga soat 11:37 da yetib borib, alangani soat 11:40 da toʻliq oʻchirgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 25-iyun kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida “Spark” rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring