Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi boʻlib oʻtmoqda

16:01 24 Sentyabr 2024 Siyosat
340 0

Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Ozarbayjon media forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, “Raqamli asrda haqiqatni izlab: dezinformatsiyaga qarshi kurashish“ mavzusiga bagʻishlangan ushbu tadbir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil avgust oyida Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan “yoʻl xaritasi“ga muvofiq oʻtkazilmoqda.

“Qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori media yoʻnalishida ham jadal va tizimli tus olgani barchamizni xursand qiladi. Bu jarayonda bugungi kunda davlat va jamiyatning barqaror hayotiga jiddiy tahdid solayotgan dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish alohida ahamiyatga ega.

Bu borada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikning yagona platformasini yaratish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyormiz.

Forum ishiga muvaffaqiyatlar, uning doirasidagi muhokamalar va tajriba almashinuvi esa samarali, qardosh xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar uchun poydevor boʻlishini tilayman“, — deydi Sherzod Asadov oʻz sahifasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер