Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida II Iqtisodiy forum boʻlib oʻtadi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 16-17-avgust kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida II Iqtisodiy forum boʻlib oʻtadi.
2021-yil iyun oyida Dushanbe shahrida (Tojikiston) birinchi marta oʻtkazilgan forum tashkilot doirasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi samarali muloqot maydoni sifatida oʻzini namoyon qildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad tomonlar eʼtiborini oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muammolari va istiqbollariga qaratish, SHHT makonida aloqalarni mustahkamlash boʻyicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Yalpi majlis, panel sessiyalari, ikki tomonlama uchrashuvlar, b2b aloqalar – Forumning boy kun tartibi raqamli iqtisodiyot, yashil texnologiyalar, hududlar oʻrtasidagi hamkorlik, sarmoyaviy kooperatsiyani rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi va sheriklikning boshqa ustuvor yoʻnalishlari salohiyatini ochishga qaratilgan.
SHHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, balki ishbilarmon doiralar va korxonalar vakillarining oʻzaro hamkorligi, shuningdek, SHHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb qilish uchun samarali maydonga aylanishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring