Toshkent shahrida badiiy gimnastika boʻyicha xalqaro sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

19:57 29 Avgust 2023 Sport
1263 0

Mamlakatimizda sport turizmini rivojlantirishga, ayniqsa, qizlarning sport bilan muntazam shugʻullanishiga sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Buning natijasida yurtimizda barcha sport turlari qatori badiiy gimnastika ham qizlarimiz oʻrtasida jadal ommalashdi va isteʼdodli gimnastikachilar yetishib, ular yirik xalqaro musobaqalar hamda turnirlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Turizm qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi Xalqaro sport klublari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasida “East cup & Olimpiya yulduzlari” xalqaro sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining 2023-yil uchun yagona taqvim rejasiga muvofiq oʻtkazildi.

Musobaqada vakillarimizdan tashqari Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina, Qirgʻiziston va Turkmanistondan kelgan jami 400 nafarga yaqin gimnastikachilar gʻoliblik uchun kurashadi.

Mazkur musobaqada gimnastikachilar yakkalik va guruh bahslarida oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi. Aksariyat gimnastikachi qizlarning halqa, toʻp, bulava va tasma bilan mashq bajarish boʻyicha mahorati xalqaro toifali hakamlar tomonidan baholandi.

“East cup & Olimpiya yulduzlari” xalqaro sport musobaqalarida birinchi oʻrin bilan Qirgʻizistonlik, ikkinchi oʻrin bilan Qozogʻistonlik, uchinchi oʻrin bilan esa Oʻzbekistonlik sportchilarimiz gʻolib deb topildi.

Ushbu musobaqalar bolalar sport turizmini rivojlanishida, yosh oʻsib kelayotgan qizlarni nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy goʻzallikni shakllantirish, shaxsni tarbiyalashning muhim asoslaridan biri ekanini yana bir karra isbotladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер