Toshkent metrosining poyezdi noodatiy koʻrinishga keltirildi — fotoreportaj
Foto: Davronbek Ernazarov/Xalq soʻzi
Kecha, 30-iyun kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd vagonlari noodatiy koʻrinishga keltirildi.
Maʼlum qilinishicha, Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent metropoliteni oʻzaro hamkorlikda metro poyezdida kreativ koʻrinishga keltirilgan vagonlar aks etgan loyihani boshlagan.
Metro vagonlari dizaynidagi yangicha yondashuv poyezdda yoshlarning vaqtini unumli oʻtkazishga targʻib etuvchi suratlar bilan bezatilgan.
Maʼlumot uchun, soʻnggi 3-yil mobaynida Toshkent metropoliteni tarkibiy boʻlinmalariga jami 3 ming 200 nafarga yaqin xodim ishga qabul qilingan boʻlib, ularning 1 ming 488 nafari oliy maʼlumotga ega. Qabul qilinganlarning 1 ming 44 nafari yosh mutaxassislar hisoblanadi.
Davron ERNAZAROV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring