Toshkent metrosining 6 ta bekatida poyezdlar harakati toʻxtatiladi
Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishidagi ayrim bekatlar oraligʻida poyezdlar harakati toʻxtatiladi. Bu haqida “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.
Unda aytilishicha, metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025-yil 2-avgust sanasidan boshlab, 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oraligʻida metro poyezdlar harakati toʻxtatiladi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi katta sigʻimli avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring