Toshkent metrosida naqd pul bilan ishlaydigan 13 ta kassa yopildi
Toshkent metropolitenida naqd pul bilan ishlaydigan ayrim kassalar yopilmoqda. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda metro xizmatidan foydalanishda yoʻl haqini toʻlashning 10 dan ortiq turi mavjud. Jumladan, QR-kodli bir martalik chiptalar 3000 soʻmni tashkil qilsa, boshqa toʻlov usullari 1700 soʻm va undan ham arzon. Shuni inobatga olib, hozirgi vaqtga kelib yoʻlovchilarning kam sonli qismigina naqd pul koʻrishida yaʼni kassadan QR-kodli chipta xarid qilib yoʻl haqini toʻlashmoqda.
Raqamlarga qaraladigan boʻlsa, ilgari bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yoʻlovchilarining 45-50 foiz foydalangan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6-7 foizni tashkil qilmoqda.
Uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va oʻrganishlar natijalariga koʻra bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar xarid qilinish koʻrsatgichi keskin kamaygani aniqlangan.
Shu bois, naqd pul koʻrinishida toʻlovni amalga oshiruvchi yoʻlovchilar soni kam boʻlgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulugʻbek, Xalqlar doʻstligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Doʻstlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy ) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopilgan. Shuningdek, ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida oʻrnatilmoqda.
Shuningdek, metro yoʻlovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan toʻlov turlarining boshqa usullari orqali toʻlov qilish imkoniyatiga egalar. (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa toʻlov usullari).
Taʼkidlanishicha, yuqoridagi toʻlov usullarining afzalliklaridan yana biri yoʻlovchilar vaqtini tejash yaʼni kassa oldida navbat kutmasdan, qolaversa, metroda yoʻl haqini arzon tarifda toʻlashlarini tashkil etishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring